Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» Alissonning «Yuventus»ga o‘tishiga to‘sqinlik qilmoqda

«Liverpul» Alissonning «Yuventus»ga o‘tishiga to‘sqinlik qilmoqda

Baho:
+ | -

«Liverpul» darvozaboni Alisson yozgi transferlar vaqtida «Yuventus»ga o‘tmasligi mumkin. La Gazzetta dello Sport nashriga ko‘ra, ingliz klubi ayni damda braziliyalik posbonning Turin jamoasiga o‘tishini to‘sib qo‘ymoqda. Bunga sabab, «qizillar» Muhammad Saloh ketganidan keyin yana bir yetakchi futbolchisini yo‘qotishni istamayapti.

Shu bilan birga, Alissonning o‘zi «Yuventus»ga o‘tishni xohlamoqda va allaqachon turinliklar bilan 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan shaxsiy shartnoma bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishgan.

Alisson «Liverpul» safiga 2018 yilda «Roma»dan 72 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. 2025/26 yilgi mavsumda braziliyalik darvozabon «qizillar» safida barcha musobaqalarda 35 ta o‘yin o‘tkazib, 37 ta gol o‘tkazib yubordi va 13 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Kiritildi: 12:50, 28.05.2026.
O'qildi: 254 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик