«Inter» himoyachisi Stefan de Vreyning agenti Federiko Pastorello mijozining milanliklar bilan shartnomani uzaytirish ehtimoli haqidagi savolga javob berdi.
«Bu borada «Inter» bilan gaplashib olamiz. Stefan o‘zini italiyalikdek his qiladi, u «Inter»da sakkiz yil, «Lasio»da esa besh yil o‘tkazdi. Biroq, ochig‘ini aytsam, u menga xorijda o‘ynab ko‘rish istagi borligini aytgandi. «Feyenoord» qatori «Inter» ham uning jamoasi hisoblanadi. Agar shartnomani uzaytirish imkoniyati paydo bo‘lsa, biz bunga tayyormiz», — deya Pastorelloning so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.
Stefan de Vrey 2018 yilda «Lasio»dan «Inter»ga erkin agent sifatida o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda gollandiyalik futbolchi milanliklar safida barcha turnirlarda 17 ta o‘yinda maydonga tushdi.













