Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bernardu Silvaning «Barselona»dagi maosh va shartnoma tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Bernardu Silvaning «Barselona»dagi maosh va shartnoma tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Bernardu Silvaning «Barselona» bilan ehtimoliy shartnomasi shartlari ma’lum bo‘ldi.

Avvalroq, kataloniyalik klub portugaliyalik yarim himoyachini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olish ustida ishlayotgani xabar qilingan edi. Futbolchining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.

«The Times» nashrining yozishicha, Silva «Atletiko» va «Benfika»dan ham takliflar olgan, biroq u «ko‘k-anorranglilar»ga o‘tishni ma’qul ko‘rmoqda. U faoliyatini Lissabon klubida yakunlashni maqsad qilgan, biroq yaqin ikki yil davomida yanada yuqori saviyada to‘p surishi mumkinligiga ishonadi.

Ta’kidlanishicha, «Barselona» futbolchiga haftasiga taxminan 80 ming funt (90 ming yevro) maosh taklif qilishga tayyor — bu uning «Man Siti»dagi maoshidan sezilarli darajada kam. Bu holat futbolchini cho‘chitib qo‘ymayapti, u faoliyatining ushbu bosqichida har bir o‘yinda to‘liq maydonda bo‘lmasligini anglab turibdi.

O‘tgan mavsumda Bernardu APL doirasida 38 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 07:57, 29.05.2026.
O'qildi: 1140 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик