«Arsenal» hammualliflaridan biri Josh Kronke Mikel Arteta shogirdlari Angliya va Yevropa futbolida uzoq vaqt hukmronlik qilishiga ishonishini bildirdi.
«Premyer-ligada chempionlikni rasmiylashtirishimizdan bir necha hafta oldin menga berilgan eng qiziq savollardan biri shunday edi: «Qaysi titul muhimroq?»
Qaysi biri? Hali bizda bo‘lmagan titul. «Angliya chempionlari» – bu juda ajoyib yangraydi, ammo «Evropa chempionlari» undan ham yaxshiroq eshitilishi mumkin, ayniqsa, «oltin dubl»ga erishsak.
Biz hukmronlik qilish imkoniyatimiz bor deb hisoblaymiz. Bizda cho‘qqida qolish uchun davom ettirish va qurish mumkin bo‘lgan juda mustahkam poydevor mavjud.
Poydevor qo‘yish – odatda yo‘lning eng qiyin qismidir. Endi esa hamma narsa tayyor bo‘lgach, vazifa – cho‘qqida qolish. Bunda boshqa barcha raqiblar bizni ortda qoldirib, o‘sha tog‘ga chiqishga urinishini unutmasligimiz kerak», — dedi Kronke.













