Kirish Ro'yxatdan o'tish

David Trezege Dushan Vlaxovichni tanqid ostiga oldi va uning asosiy muammosini aytdi

David Trezege Dushan Vlaxovichni tanqid ostiga oldi va uning asosiy muammosini aytdi

Baho:
+ | -

Fransiyalik mashhur sobiq hujumchi David Trezege Dushan Vlaxovichning o‘yinidagi muammo nimada ekanini ochiqladi. Serbiyalik forvard yozda erkin agent sifatida «Yuventus»ni tark etishi kutilmoqda.

«Vlaxovich – ajoyib futbolchi, ammo «Yuventus» undan qahramonliklarni juda uzoq kutdi. U bitta yaxshi o‘yin ko‘rsatishi mumkin, lekin muvaffaqiyatni mustahkamlay olmaydi va barqarorlikka erishishga qodir emas. Ayni shu gaplarni Jonatan Devid haqida ham aytish mumkin. Aslida, qisqa vaqt ichida katta foyda keltirgan Kolo-Muanini saqlab qolish kerak edi», – dedi Trezege La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Dushan Vlaxovich o‘tgan mavsumda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 11:07, 29.05.2026.
O'qildi: 232 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик