Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» va ter Shtegen xayrlashishga kelishib olishdi

«Barselona» va ter Shtegen xayrlashishga kelishib olishdi

Baho:
+ | -

«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar oynasida jamoasini o‘zgartiradi. Jurnalist Ferran Martinesning xabar berishicha, klub va futbolchi o‘rtasida hech qanday kelishmovchiliklar yo‘q – tomonlar birgalikdagi faoliyatni yakunlash uchun ayni munosib vaqt kelganiga to‘liq rozi bo‘lishgan.

Darvozabon hozirda faoliyatini davom ettirish bo‘yicha turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda va u Ispaniyani tark etishga tayyor.

Mark-Andre ter Shtegen 2014 yildan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U kataloniyaliklar safida barcha turnirlarda jami 423 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 416 ta gol o‘tkazib yuborgan. 34 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning Transfermarkt portalidagi taxminiy narxi 4 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 11:11, 29.05.2026.
O'qildi: 387 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик