Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

«Inter» va «Napoli» Rabio uchun da’vogarlik qilmoqda

«Inter» va «Napoli» Rabio uchun da’vogarlik qilmoqda

Baho:
+ | -

Fransiyalik yarim himoyachi Adriyen Rabio Massimiliano Allegridan keyin «Milan»ni tark etadi. Italiyalik sharhlovchilarning fikricha, futbolchi aynan Allegrining taklifiga binoan ushbu jamoaga kelgan edi. Xususan, bu haqda nufuzli italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Jurnalist fransuz futbolchisi katta ehtimol bilan «Napoli» safiga o‘tishini taxmin qilmoqda, chunki Allegrining o‘zi ham faoliyatini aynan shu klubda davom ettirishi kutilmoqda. Biroq, ayni paytda Milanning «Inter» klubi ham Rabioga qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar bor. Agar Adriyen «Inter»ni tanlasa, bu uning uchun katta ustunlik bo‘ladi, chunki futbolchiga yashash joyini o‘zgartirish shart emas – u Milanda qolib, bemalol faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Rabio «rossonerilar» safida bor-yo‘g‘i bir mavsum to‘p surdi.

Kiritildi: 11:31, 29.05.2026.
O'qildi: 369 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик