Kirish Ro'yxatdan o'tish

Martines Ronalduning 2030 yilgi JCHdagi ishtiroki haqida: «Bunga hech kim shubha qilmasligi kerak»

Martines Ronalduning 2030 yilgi JCHdagi ishtiroki haqida: «Bunga hech kim shubha qilmasligi kerak»

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronalduning 2030 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Hozirda 41 yoshda bo‘lgan Ronaldu yaqinlashib kelayotgan yozgi mundialda o‘z faoliyatidagi rekord darajadagi oltinchi Jahon chempionatida ishtirok etadi.

Haligacha faoliyatini yakunlaganini e’lon qilmagan Ronaldu 2030 yilgi mundialda o‘ynay oladimi, degan savolga Martines «Cadena Ser»ga bergan intervyusida shunday javob qaytardi:

«Bunga hech kim shubha qilmasligi kerak. U bunga munosib. Biz Krishtianu Ronalduning ishga bo‘lgan yondashuv modelini Portugaliyadagi barcha yosh futbolchilarga singdirishni juda istardik, chunki u ibrat olishga arzigulik namunadir», — dedi Martines.

Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini 17 iyun kuni Kongo DR terma jamoasiga qarshi bahs bilan boshlaydi. So‘ngra, 23 iyun kuni O‘zbekiston, 27 iyun kuni esa Kolumbiya terma jamoalari bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 16:00, 29.05.2026.
O'qildi: 274 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик