Londonning "Arsenal" klubi "Kristal Pelas" tayanch yarim himoyachisi Adam Uortonga qiziqish bildirmoqda.
Sky Sports nashri xabariga ko‘ra, "kanonirlar" allaqachon 22 yoshli inglizning vakillari bilan aloqa o‘rnatgan. "Pelas" bu transferdan 100 million funt atrofida foyda olmoqchi.
Uorton joriy mavsumda jami 53 ta o‘yinda 1 ta gol urib, 8 ta assist muallifi bo‘ldi. Transfermarkt uni 60 million yevroga baholamoqda.













