Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bavariya» Leon Goreska bilan xayrlashdi

«Bavariya» Leon Goreska bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Germaniyaning «Bavariya» klubi «X» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida shartnoma muddati yakunlangani munosabati bilan jamoani tark etayotgan yarim himoyachi Leon Goreska bilan xayrlashdi.

«8 yil. 16 ta sovrin. Meros. Hammasi uchun rahmat, Leon. Sening yo‘ling abadiy bizning tariximizning bir qismi bo‘lib qoladi», — deyiladi klub xabarida.

31 yoshli Leon Goreska 2018 yildan beri «Bavariya» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U klub bilan birga yetti karra Germaniya chempioni (2018/2019, 2019/2020, 2020/2021, 2021/2022, 2022/2023, 2024/2025, 2025/2026), uch karra Germaniya Kubogi sohibi (2018/2019, 2019/2020, 2025/2026), to‘rt karra mamlakat Superkubogi g‘olibi (2018, 2020, 2021, 2025), shuningdek, Chempionlar ligasi (2019/2020), UEFA Superkubogi (2020) va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati (2020) g‘olibi bo‘ldi.

Kiritildi: 16:51, 29.05.2026.
O'qildi: 341 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик