«Milan» darvozaboni Mayk Menyan ijtimoiy tarmoqlarda jamoaning mavsumi haqida fikr bildirdi.
2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, «rossoneri» A Seriyada 5-o‘rinni egalladi va Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi. Keyingi mavsumda milanliklar Yevropa ligasida ishtirok etishadi.
«Afsuski, maqsadlarimizga erishilmagan yana bir yil bo‘ldi. Butun mavsum davomida qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun «Milan» muxlislariga rahmat.
Quvonch va qayg‘u — sportchilar va klub muxlislari hayotining bir qismidir. Ertami-kechmi «Milan» yana yuksaladi», — deb yozdi Menyan.













