Transfermarkt xabariga ko‘ra, "Milan" hujumchisi Rafael Leau Italiya chempionatida narxi eng ko‘p arzonlagan futbolchi bo‘ldi.
Portugaliyalik hujumchining transfer qiymati 15 million yevroga pasayib, hozirda 50 million yevroni tashkil etmoqda. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha kuchli beshlikka quyidagilar kiradi: Kristian Pulishich ("Milan", 50 milliondan 40 million yevrogacha pasaygan), "Yuventus" himoyachisi Andrea Kambyazo (30 million yevro, -10 million), "Fiorentina" forvardi Moyze Kin (32 million, -8 million) va "Yuventus" hujumchisi Lois Openda (25 million, -7 million).
26 yoshli Leau 2025/26 yilgi mavsumda 31 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Milan" bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi.













