Italiyalik jurnalist Janluka Di Marsio «Milan»ning «Kalyari»ga qarshi o‘yinidayoq Massimiliano Allegri ushbu bahsga to‘liq e’tibor qaratmaganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda Allegri allaqachon «Napoli» bilan kelishuvga erishgan edi.
«Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv o‘yingacha bo‘lgandi. Menimcha, ilk aloqalar o‘tgan yilning bahorida, Konte ilk bor jamoadan ketishi mumkinligiga ishora qilganidayoq boshlangan. Keyin Konte «Skudetto»ni qo‘lga kiritdi, Allegri esa «Milan»ga o‘tdi», — dedi Di Marsio.
Eslatib o‘tamiz, Allegri «Napoli» boshqaruvida Antonio Kontening o‘rnini egallaydi.













