«Arsenal» hujumchisi Gabriel Martinelli Chempionlar ligasi finalida «PSJ»ga qarshi o‘yin oldidan ushbu turnirda ishtirok etish har doim uning orzusi bo‘lganini aytdi.
«Men har doim Chempionlar ligasini yaxshi ko‘rganman. Bu turnirda o‘ynashni doimo orzu qilganman, otam ham shunday orzu qilgan. Har safar maydonga chiqib, o‘yin oldidan madhiyani eshitganimda, badanim junjikib ketadi. Chempionlar ligasi finalida o‘ynash — bu aqlbovar qilmas, juda ajoyib holat.
Shaxsan men yana og‘riqni (bir yil oldin «PSJ»dan yarim finalda uchralgan mag‘lubiyatdan keyingi holat) his qilishni istamayman. Ishonamanki, jamoamizning birorta a’zosi ham buni xohlamaydi. Biz o‘sha hissiyotni eslab qolishimiz kerak, shundagina bo‘lajak finalda bor kuchimizni ishga solib, g‘alaba uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz», — deya Martinellining so‘zlaridan iqtibos keltiradi UEFA matbuot xizmati.













