Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Dembele: «Finaldagi g‘alaba «PSJ» uchun tarixiy voqea bo‘lishi mumkin»

Dembele: «Finaldagi g‘alaba «PSJ» uchun tarixiy voqea bo‘lishi mumkin»

Baho:
+ | -

«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele Chempionlar ligasi finalida «Arsenal»ga qarshi o‘yin oldidan parijliklarning g‘alabasi tarixiy ahamiyatga ega bo‘lishini ta’kidladi.

«Arsenal» — yuqori darajadagi jamoa. Ular APL va Chempionlar ligasining umumiy bosqichida g‘olib chiqishdi. «Kanonirlar» ushbu finalga munosib, ular ajoyib futbol ko‘rsatishmoqda. Ular har tomonlama kuchli — ham hujumda, ham himoyada. Arteta ham ajoyib ish olib bordi va o‘z jamoasi bilan Premyer-liga tituliga loyiq ekanini isbotladi.

«PSJ» Chempionlar ligasi finali kabi lahzalardan zavqlanadi. Bizda sovrinlar yutishni istaydigan yosh va ajoyib jamoa bor. Biz barcha turnirlarda g‘alaba qozonishga chanqoqmiz. Cho‘qqida bo‘lish uchun bunday sovrinlarni bir necha bor yutish kerak. O‘tgan yil ahamiyatli bo‘ldi. Biz katta ambisiyalarga ega yosh jamoamiz. Finaldagi g‘alaba tarixiy voqea bo‘lishi mumkin. Ammo biz diqqatni yo‘qotmasligimiz kerak: «Arsenal» — yuqori saviyali raqib», — deya Dembelening so‘zlaridan iqtibos keltiradi UYEFA matbuot xizmati.

Kiritildi: 09:42, 30.05.2026.
O'qildi: 311 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик