Kirish Ro'yxatdan o'tish

The Athletic nashri «Barselona» nima sababdan Gordon transferini bunchalik tez hal qilganini ochiqladi

The Athletic nashri «Barselona» nima sababdan Gordon transferini bunchalik tez hal qilganini ochiqladi

Baho:
+ | -

«Barselona» Entoni Gordonni «Nyukasl»dan sotib olishi bosh murabbiy Xans-Diter Flikning «maxsus iltimosi»ga ko‘ra amalga oshirildi. Nemis mutaxassisi ingliz futbolchisining o‘tgan yil sentyabr oyida Chempionlar ligasi doirasidagi o‘zaro o‘yindagi (1:2) harakatlaridan lol qolgan edi. Bu haqida The Athletic nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «Barselona» transfer oynasi rasman ochilgunga qadar katta xarajat qilishga tayyor edi. Buning uchta asosiy sababi bor. Birinchidan, joriy yilda La Liganing ish haqi limiti doirasida klubning imkoniyatlari kelasi yilgiga qaraganda ancha kengroq ekanligi anglab yetildi. Ikkinchidan, agar Gordon Jahon chempionatida o‘zini ko‘rsatsa, uning narxi yanada oshishi mumkin edi. Uchinchidan esa, «ko‘k-anorranglilar» Gordonga qiziqish bildirgan boshqa jamoalar bilan raqobatda yutqazishni istashmadi.

«Barselona» 29 may kuni Gordonning transferini e’lon qildi. Ingliz hujumchisi klub bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Transferning umumiy summasi 80 million yevrodan oshishi aytilmoqda.

Kiritildi: 11:12, 30.05.2026.
O'qildi: 388 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик