O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 29 may sanasidan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi. Jamoamiz 30 maydan 9 iyunga qadar Myanma davlatining Yangon shahrida mashg‘ulotlarni davom ettiradi.
Yig‘in doirasida jamoamiz Myanma (3 iyun) hamda Tailand (6 iyun) terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi.
Kotrina Kulbite boshqaruvidagi jamoamizning yig‘iniga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing.














