Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 0-1 Arsenal

«Yuventus» «Liverpul» darvozabonini ijaraga olmoqchi

«Yuventus» «Liverpul» darvozabonini ijaraga olmoqchi

Baho:
+ | -

«Yuventus» «Liverpul» posboni Georgiy Mamardashvilini o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor. Avvalroq turinliklar «Liverpul»ning yana bir darvozaboni Alisson Bekerni qo‘lga kiritishga uringandi, biroq «qizillar» braziliyalik futbolchini qo‘yib yuborishni istashmadi.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, endi «keksa sinyora» Mamardashvili borasidagi kelishuvni ko‘rib chiqmoqda — bu safar ijara varianti ko‘zda tutilgan. Gruziyalik posbon muntazam ravishda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istaydi, shu bois u Italiyaga ko‘chib o‘tish taklifini ma’qullashi mumkin.

Yaqinda 25 yoshli darvozabonning xizmatlari bir yo‘la A Seriyaning uchta vakiliga — «Yuventus», «Inter» va «Fiorentina» klublariga taklif qilingani haqida xabarlar tarqalgandi.

Kiritildi: 13:00, 30.05.2026.
O'qildi: 376 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик