Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pires: «Parijlik futbolchilarda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq kamroq»

Pires: «Parijlik futbolchilarda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq kamroq»

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi sobiq futbolchisi Rober Pires Chempionlar ligasi finali borasida o‘z fikrini ma’lum qildi. Bugun oqshom Budapeshtda uning sobiq jamoasi Fransiyaning «PSJ» klubiga qarshi bosh sovrin uchun maydonga tushadi.

«Nima uchun «PSJ» finalda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi? Hammasi oddiy, men parijlik futbolchilarda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq kamroq ekanini ko‘ryapman. Ular Fransiya chempioni bo‘lishdi va Budapeshtga haddan tashqari o‘zlariga ishonib kelishadi. «Arsenal» futbolchilari esa qarshi hujumda va pressingda juda yaxshi o‘ynashadi. Mana nima uchun parijliklar g‘alaba qozona olmaydi», — dedi Pires Canal+ telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2006 yilgi Chempionlar ligasi finalida «Arsenal» darvozabon Yens Lemannning chetlatilishidan so‘ng, o‘yinning asosiy qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazgan va «Barselona»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Kiritildi: 15:58, 30.05.2026.
O'qildi: 200 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик