Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 0-1 Arsenal

Slot muxlislar bilan xayrlashdi

Slot muxlislar bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning sobiq bosh murabbiyi Arne Slot klubdan ketganidan so‘ng muxlislarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

«Bu «Liverpul» bilan birgalikdagi ajoyib sayohat bo‘ldi. O‘tgan mavsumda chempionatda g‘olib chiqqanimizdan juda minnatdorman», — deya Slotning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Niderlandiyalik mutaxassis 2024 yilning yozidan buyon mersisaydliklarni boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida «Liverpul» 2024/2025 yilgi mavsumda Angliya chempioniga aylandi.

Yakunlangan mavsum natijalariga ko‘ra, «qizillar» 60 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallashdi. «Liverpul»ga tayinlangunga qadar Slot «Feyenoord» klubini boshqargan.

Kiritildi: 16:50, 30.05.2026.
O'qildi: 338 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик