«Arsenal»dan ko‘ra ko‘proq Chempionlar ligasi finalida mag‘lub bo‘lgan, ammo biror marta g‘olib chiqmagan yagona klub mavjud.
Bugun Mikel Arteta shogirdlari hal qiluvchi bahsda «PSJ»ga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berishdi. 2006 yilda esa «kanonirlar» finalda «Barselona»ga mag‘lub bo‘lishgandi.
Shuningdek, o‘z tarixidagi ikkita finaldan ikkitasida mag‘lub bo‘lgan yana ikki jamoa bor: «Reyms» va «Valensiya». Uchta mag‘lubiyat va birorta ham g‘alabaga ega bo‘lgan yagona klub esa — «Atletiko».













