Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Enrike: «Arsenal»ni tabriklayman»

Enrike: «Arsenal»ni tabriklayman»

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi finalida «Arsenal» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Parijliklar penaltilar seriyasida zafar quchishdi.

«Hissiyotlarim aralashib ketgan. Hayajon, charchoq — hammasi birvarakayiga keldi. Ammo bu mavsumning eng yaxshi lahzasidir. Biz hamon chempionmiz, turnirda ketma-ket ikkinchi bor g‘olib chiqdik — bu ajoyib. Biz bunga loyiq edik, xuddi butun mavsum davomida biz bilan birga bo‘lgan muxlislarimiz kabi.

Bu juda og‘ir va murakkab o‘yin bo‘ldi. «Arsenal»ni tabriklayman, biz uchun haqiqatan ham oson bo‘lmadi. Ular ajoyib o‘ynashdi. Bu tabiiy hol. Ular o‘yinni o‘zlari kuchli bo‘lgan fazalarga o‘tkazishga harakat qilishdi. Biz esa to‘pni nazorat qilishga va pressing uyushtirishga intildik. Yakunda biz sovrinni qo‘lga kiritdik.

Meni afsonaviy murabbiy deb atash mumkinmi? Bu meni qiziqtirmaydi», — deya Enrikening so‘zlarini keltiradi BBC.

«PSJ» ketma-ket ikkinchi yil Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi.

Kiritildi: 08:08, 31.05.2026.
O'qildi: 362 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик