Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Xakimiy: «Biz uning ortidan ergashamiz»

Xakimiy: «Biz uning ortidan ergashamiz»

Baho:
+ | -

«PSJ» himoyachisi Ashraf Xakimiy Chempionlar ligasi finalida «Arsenal» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Chempionlar ligasida ketma-ket ikki yil g‘olib chiqish oson emas, lekin biz buni uddaladik. Men doim bir gapni takrorlayman: murabbiy — klubning asosiy ovozi. Biz uning ortidan ergashamiz, unga ishonamiz. Birinchi kundanoq u bizga jamoa har qanday o‘yinchidan muhimroq ekanini aytgandi. U biz bilan ekanligidan juda xursandmiz. Biz shunchaki jamoa emas, balki oila qurishga muvaffaq bo‘ldik», — deya Xakimiyning so‘zlarini keltiradi BBC.

Eslatib o‘tamiz, «PSJ» 1:1 hisobidagi durangdan so‘ng penaltilar seriyasida «Arsenal»ni mag‘lub etdi. London jamoasi futbolchilari ikkita 11 metrlik zarbada darvozaga aniq bora olishmadi. Uchrashuv Budapeshtda bo‘lib o‘tdi.

Kiritildi: 08:11, 31.05.2026.
O'qildi: 283 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик