«Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Rays ikki nafar jamoadoshi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. «PSJ»ga qarshi kechgan Chempionlar ligasi finalidan keyingi penaltilar seriyasida Gabriel va Eberechi Eze o‘z imkoniyatlaridan foydalana olishmadi, natijada «kanonirlar» mag‘lubiyatga uchrashdi.
«Ular ruhan ezilgan holatda. Chempionlar ligasi finalida penaltini golga aylantira olmaslik — juda og‘ir. Lekin biz ularni yaxshi ko‘ramiz va qo‘llab-quvvatlaymiz. Futbolda shunday voqealar bo‘lib turadi. Ular finallarda penaltidan adashgan birinchi yoki oxirgi futbolchilar emas. Bunday holatni hamma boshdan kechirgan», — deya Raysning so‘zlarini keltiradi TNT Sports.
«Bu ikki futbolchisiz biz bu mavsumda chempionatda g‘olib chiqa olmagan bo‘lardik. Futbol gohida shafqatsiz bo‘ladi, lekin biz ijobiy jihatlarga e’tibor qaratishga harakat qilyapmiz», — deb ta’kidladi Rays.
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» 22 yil ichida ilk bor Angliya chempioniga aylandi.













