Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«PSJ» prezidenti: «Arsenal»ning ajoyib jamoasi bor»

«PSJ» prezidenti: «Arsenal»ning ajoyib jamoasi bor»

Baho:
+ | -

«PSJ» prezidenti Nasser al-Xelayfi jamoaning Chempionlar ligasidagi g‘alabasidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bugun — aql bovar qilmaydigan, tarixiy kun. Ketma-ket ikkinchi yil Chempionlar ligasida g‘olib chiqish oson emas, bu juda murakkab turnir. Men jamoa, murabbiy, shtab va muxlislar bilan juda faxrlanaman. Hamma yana bizga shubha bilan qaragandi, lekin biz ishondik va buni uddaladik.

Birinchi bo‘limdan keyin biz g‘olib chiqishimizni aytgandim. Rostini aytsam, o‘yin juda og‘ir kechishini bilsam-da, buni uchrashuv boshlanishidan oldin ham his qilgandim. «Arsenal»ning ajoyib, fantastik jamoasi bor. Ularga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Biz ularni juda hurmat qilamiz», — dedi al-Xelayfi TNT Sports telekanaliga.

Eslatib o‘tamiz, birinchi bo‘limdan so‘ng «PSJ» «Arsenal»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berayotgan edi. Ikkinchi bo‘limda parijliklar muvozanatni tiklashdi, yakunda esa Luis Enrike jamoasi penaltilar seriyasida g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 08:37, 31.05.2026.
O'qildi: 437 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик