Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Leau «Milan»ni tark etish istagini bildirdi: «Vaqti keldi»

Leau «Milan»ni tark etish istagini bildirdi: «Vaqti keldi»

Baho:
+ | -

«Milan» hujumchisi Rafael Leau yaqin vaqt ichida klubni tark etishga tayyor ekanini tan oldi. 26 yoshli futbolchi bo‘lajak transfer oynasida muhitni o‘zgartirish niyatida ekanini ochiq-oydin ma’lum qildi.

«Menimcha, men «Milan»ga bera oladigan hamma narsamni berdim. Klub o‘sishimga yordam berdi, qiyin damlarda qo‘llab-quvvatladi. O‘z nomimni «Milan» tarixiga kirita olganimdan xursandman, ammo har kimning o‘z orzulari, maqsadlari va ambisiyalari bor. Menga yangi chaqiriq kerak – o‘zimni boshqa chempionatda sinab ko‘rmoqchiman. Tayyor ekanimni his qilyapman. Vaqti keldi», — dedi portugaliyalik futbolchi SportTVga bergan intervyusida.

Rafael Leau 2019 yildan buyon «rossonerilar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchining bozor qiymati Transfermarkt portali tomonidan 50 million yevroga baholanmoqda, uning «Milan» bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.

Kiritildi: 08:37, 31.05.2026.
O'qildi: 913 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик