Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» «Marsel» himoyachisi Emersonni sotib olishi mumkin

«Yuventus» «Marsel» himoyachisi Emersonni sotib olishi mumkin

Baho:
+ | -

«Yuventus» Emerson bilan shartnoma imzolashi mumkin. La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, Luchano Spalletti o‘z jamoasida sinalgan va o‘ziga sodiq, ishonish mumkin bo‘lgan futbolchilarni ko‘rishni istamoqda. 67 yoshli mutaxassis uchun ma’lum ma’noda bu jihat futbolchilarning statistikasidan ko‘ra muhimroq hisoblanadi.

Endryu Robertson bilan kelishuv amalga oshmagach, turinliklar e’tiborini «Marsel» himoyachisiga qaratdi. Murabbiy u bilan vaqtida «Roma»da birga ishlagan.

Spalletti Emerson bilan hali «Napoli»ni boshqarib yurgan paytlaridayoq yana hamkorlik qilishni istagan edi. 31 yoshli futbolchi ham Fransiyadan Italiyaga mamnuniyat bilan qaytgan bo‘lardi.

Yakunlangan mavsumda Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Liga 1'da 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 06:05, 01.06.2026.
O'qildi: 182 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик