«Liverpul» safini tark etgan fransiyalik markaziy himoyachi Ibraima Konate faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirish variantiga ega. Bu haqda «AS» jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Madridning «Real» klubi futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda, ammo hozircha transfer borasida aniq qadam tashlagani yo‘q. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Konatening ingliz grandini tark etgani e’lon qilingandi.
Ibraima mersisaydliklar sharafini 2021 yildan buyon himoya qilib kelayotgan edi. 2025/2026 yilgi Angliya chempionatida fransiyalik futbolchi 36 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol muallifi bo‘ldi va 7 ta sariq kartochka oldi.













