Norvegiyaning «Budyo-Glimt» klubi iqtidorli hujumchisi Mikkel Bro Xansen transfer bozorida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bu haqda «Tipsbladet» jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 17 yoshli skandinaviyalik hujumchining transferiga bir yo‘la oltita Yevropa klubi qiziqish bildirmoqda. Xansenga da’vogarlar ro‘yxatida Kataloniyaning «Barselona», Londonning «Chelsi», «Manchester Yunayted», «Nyukasl», Turinning «Yuventus» va Amsterdamning «Ayaks» jamoalari bor.
2025/2026 yilgi mavsumda hujumchi o‘z jamoasi safida to‘rtta o‘yinda ishtirok etdi. Xansen hozircha golli uzatma yoki gollar bilan ajralib turgani yo‘q.













