Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

JCH-2026: Ekvador terma jamoasining yakuniy tarkibi e’lon qilindi

JCH-2026: Ekvador terma jamoasining yakuniy tarkibi e’lon qilindi

Baho:
+ | -

Ekvador futbol federasiyasi (FEF) joriy yilgi jahon chempionatida ishtirok etadigan 26 nafar futbolchidan iborat yakuniy ro‘yxatni rasman taqdim etdi.

Terma jamoaning mundial uchun qaydnomasi o‘ziga xos tarzda — guayakillik taniqli xonanda Ektor Napolitano ijrosidagi videotaqdimot orqali muxlislarga e’lon qilindi. Jamoaning yulduzli tarkibidan Villian Pacho, Pyero Inkapye hamda terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar Enner Valensiya kabi taniqli nomlar joy olgan.

Bosh murabbiy Sebastyan Bekkasese bu galgi turnirga Yevropa yashil maydonlarida to‘p surayotgan legionerlar hamda ichki chempionat vakillaridan iborat ancha muvozanatlashgan tarkibni jalb etgan. Jamoaning asosiy yetakchilaridan biri, «Chelsi» yarim himoyachisi Moyzes Kaysedo ham qaydnomaga kiritildi. Avvalroq uning diskvalifikasiyasi bilan bog‘liq noaniqliklar mavjud edi, biroq FIFA futbolchining ilk turdanoq maydonga tushishi mumkinligini tasdiqladi.

Ekvadorliklar ushbu jahon birinchiligida o‘z tarixiy natijalarini yangilashni maqsad qilgan. Jamoa o‘z tarixida faqat bir marta — 2006 yilda nimchorak finalgacha yetib borgan bo‘lsa, 2002, 2014 va 2022 yilgi mundiallarni guruh bosqichidayoq yakunlashga majbur bo‘lgan. Jamoaning eng kuchli tomoni sifatida mustahkam himoya chizig‘i ko‘rilmoqda — ekvadorliklar saralash bosqichida o‘z darvozalaridan bor-yog‘i 5 ta to‘p o‘tkazib yuborib, Janubiy Amerika mintaqasida eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etishgan.


Ekvador terma jamoasining JCH-2026 uchun to‘liq tarkibi:

  • Darvozabonlar: Ernan Galindes («Urakan»), Moyzes Ramires («Kifisia»), Gonsalo Valye («LDU Kito»).

  • Himoyachilar: Villian Pacho («PSJ»), Pyero Inkapye («Arsenal»), Pervis Estupinyan («Milan»), Xoel Ordonyes («Bryugge»), Feliks Torres («Internasyonal»), Jekson Poroso («Tixuana»), Anxelo Presiado («Atletiko Mineyro»).

  • Yarim himoyachilar: Moyzes Kaysedo («Chelsi»), Entoni Valensiya («Antverpen»), Denil Kastilyo («Midtyulland»), Xordi Alsivar («Independyente del Valye»), Alan Franko («Atletiko Mineyro»), Pedro Vite («Pumas UNAM»), Kendri Paes («River Pleyt»), Alan Minda («Atletiko Mineyro»), Yaymar Medina («Genk»).

  • Hujumchilar: Gonsalo Plata (« Flamengo»), Jon Yeboa («Venesiya»), Nilson Angulo («Anderlext»), Kevin Rodriges («Yunion Sent-Jilluaz»), Xordi Kaysedo («Urakan»), Jeremi Arevalo («Shtutgart»), Enner Valensiya («Pachuka»).

Kiritildi: 12:50, 01.06.2026.
O'qildi: 1083 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик