Kirish Ro'yxatdan o'tish

Katta davr yakunlandi: Jeyms Milner 40 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi

Katta davr yakunlandi: Jeyms Milner 40 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng yorqin va uzoq davom etgan faoliyatlardan biri o‘z nihoyasiga yetdi. Tajribali yarim himoyachi Jeyms Milner 40 yoshida professional futbol bilan xayrlashganini e’lon qildi.

Faxriy futbolchi bu haqdagi qarorini o‘zining «Instagram»dagi rasmiy sahifasi orqali ommaga ma’lum qildi. U o‘z murojaatnomasida to‘p surgan klublariga, jamoadoshlariga, muxlislarga va oila a’zolariga cheksiz minnatdorchilik bildirgan.

E’tiborlisi, Milner aynan joriy mavsumda APL tarixida eng ko‘p uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha Garet Barriga tegishli bo‘lgan (653 ta o‘yin) mutlaq rekordni yangilashga muvaffaq bo‘ldi va chempionat tarixidagi eng ko‘p maydonga tushgan futbolchi sifatida tarixga kirdi.

Uning futboldagi uzoq yillik sayohati o‘zi bolaligidan muxlislik qilgan «Lids Yunayted» klubida boshlangan edi. Faoliyati davomida u «Nyukasl», «Aston Villa», «Manchester Siti», «Liverpul» va nihoyat «Brayton» jamoalari sharafini himoya qildi. Shuningdek, Milner ma’lum muddat «Stok Siti» klubida ijara asosida ham to‘p surgan.

Kiritildi: 13:21, 01.06.2026.
O'qildi: 754 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик