Kirish Ro'yxatdan o'tish

APLda mavsumning eng yaxshi transferi aniqlandi

APLda mavsumning eng yaxshi transferi aniqlandi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning 23 yoshli darvozaboni Senne Lammensning transferi muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, yakunlangan mavsumda Angliya Premyer-ligasidagi eng yaxshi o‘tish deb topildi.

Darvozabon 2025 yilning sentyabr oyida «Antverpen»dan mankunianliklar safiga 21 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda belgiyalik futbolchi APLda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 39 ta gol o‘tkazib yubordi va 8 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Ushbu nominasiyada g‘oliblik uchun quyidagi o‘yinchilar ham da’vogarlik qilishgan edi: Dominik Kalvert-Lyuin («Lids»), Rayan Sherki («Manchester Siti»), Viktor Dyokeresh («Arsenal»), Joao Pedro («Chelsi»), Antuan Semenyo («Manchester Siti»), Adriyen Tryuffer («Bornmut») va Granit Jaka («Sanderlend»).

Kiritildi: 18:34, 01.06.2026.
O'qildi: 514 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик