APLning ikki klubi «Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasadoga qiziqish bildirmoqda.
«Brentford» va «Kristal Pelas» klublari futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. «Barselona» yarim himoyachini sotishga tayyor. Kataloniyaliklar Kasado uchun kamida 25 million yevro olmoqchi.
Mark Kasado — «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Umumiy hisobda yarim himoyachi Ispaniya grandi safida 75 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













