Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kongoning Chiliga qarshi o‘rtoqlik o‘yini bekor qilindi

Kongoning Chiliga qarshi o‘rtoqlik o‘yini bekor qilindi

Baho:
+ | -

Kongo Demokratik Respublikasi va Chili milliy terma jamoalari o‘rtasida 9 iyun kuni Ispaniyaning La-Linea-de-la-Konsepsyon shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi, deb xabar bermoqda Sports.kz.

Shahar meri Xuan Franko Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi tarqalishi munosabati bilan mazkur uchrashuvni o‘tkazishni taqiqlovchi qarorni imzoladi.

Merning so‘zlariga ko‘ra, qaror Andalusiya sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalari hamda shahar sanitariya xizmati xulosasi asosida sanitar xavfsizlik nuqtai nazaridan qabul qilingan.

«Biz bu qarorni qabul qilishga majbur bo‘lganimizdan afsusdamiz, chunki mazkur uchrashuv shahar uchun qiziqish uyg‘otgan edi. Biroq Kongodagi sanitar vaziyat va taqdim etilgan hujjatlar har qanday xavfning mavjud emasligiga to‘liq ishonch bermaydi. Shu sababli biz ushbu qarorni eng oqilona yechim deb hisoblaymiz», — dedi Franko Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

Shunga qaramay, Kongo DR terma jamoasi Jahon chempionati–2026ga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Jamoa 3 iyun kuni Belgiyaning Lyej shahrida Daniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Kongo DR o‘z tarixida ikkinchi marta va 1974 yildan beri ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi. Avvalroq Ispaniya rasmiylari mazkur uchrashuvni o‘tkazish uchun ehtimoliy xavfsizlik choralarini o‘rganayotganini ma’lum qilgan, FIFA esa tibbiy protokollar va sanitar talablar masalasida Kongo DR futbol federasiyasi bilan doimiy aloqada ekanini bildirgan edi.

Ma’lumot uchun, JCH-2026 guruh bosqichida Kongo DR K guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Portugaliya, Kolumbiya va O‘zbekiston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 22:31, 02.06.2026.
O'qildi: 621 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик