Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Nyukasl» to‘rt nafar futbolchisi bilan xayrlashganini e’lon qildi

«Nyukasl» to‘rt nafar futbolchisi bilan xayrlashganini e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Nyukasl» klubi to‘rt nafar futbolchi jamoani tark etganini rasman ma’lum qildi.

Jamoani ijara muddati yakunlanganidan so‘ng «Sautgempton»ga qaytadigan darvozabon Aaron Remsdeyl tark etdi. Shuningdek, himoyachi Mett Targett hamda darvozabonlar Jon Raddi va Maks Tompson shartnoma muddati tugagani sababli klub bilan xayrlashdi.

O‘tgan mavsumda Targett «Midlsbro»da ijara asosida o‘ynagan bo‘lsa, Tompson mavsumni «Eyr Yunayted» safida o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, sal avval «Nyukasl» himoyachi Fabian Sher bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 08:21, 03.06.2026.
O'qildi: 1169 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик