Kirish Ro'yxatdan o'tish

Konate da’vogarlar ko‘p edi...

Konate da’vogarlar ko‘p edi...

Baho:
+ | -

Ibraima Konate «Barselona»ga o‘tish imkoniyatiga ega edi, ammo boshqa klubni tanladi.

Avvalroq «Real» himoyachini imzolashga yaqin turgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Fransuz «Liverpul»ni erkin agent sifatida tark etmoqda.

«ESPN» xabariga ko‘ra, Konatening hozirgi jamoasida qolmasligi aniq bo‘lganida, madridliklar birinchi bo‘lib u bilan bog‘lanishgan. Futbolchiga «Barselona», «Bavariya» va Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirgan.

Konate «dunyoning eng katta klubi» safida to‘p surish istiqbolidan juda xursand va kelishuv 2026 yilgi Jahon chempionati boshlanishiga qadar yakunlanishini istamoqda.

Kiritildi: 08:42, 03.06.2026.
O'qildi: 1357 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик