Kirish Ro'yxatdan o'tish

A Seriyaning top-klubi Grinvud uchun 50 million yevro taklif qilishga tayyor

A Seriyaning top-klubi Grinvud uchun 50 million yevro taklif qilishga tayyor

Baho:
+ | -

«Marsel» hujumchisi Meyson Grinvud yozgi transfer oynasida Italiyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. «Roma» klubi ingliz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olish uchun jiddiy mablag‘ sarflashga tayyor: MatchDay Central nashrining Sky Sportga tayanib xabar berishicha, rimliklar Fransiyada o‘zini yorqin ko‘rsatgan «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi uchun taxminan 50 million yevro taklif qilishi mumkin.

Avvalroq 24 yoshli futbolchiga «PSJ», «Atletiko», «Tottenxem», «Yuventus» va boshqa nufuzli klublar qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Meyson Grinvud o‘tgan mavsumda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida hujumchining narxi 55 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 13:12, 03.06.2026.
O'qildi: 753 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик