Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» yangi mavsum uchun asosiy libosini taqdim etdi (foto)

«Real» yangi mavsum uchun asosiy libosini taqdim etdi (foto)

Baho:
+ | -

«Real» Adidas bilan hamkorlikda 2026/2027 yilgi mavsum uchun asosiy liboslar to‘plamini keng jamoatchilikka taqdim etdi. Mazkur liboslar konsepsiyasi «qirollik klubi»ning tarixiy merosi va an’analariga bag‘ishlangan.

Libosning zamonaviy ko‘rinishida jamoaning ustunligi, yuqori professionalizmi hamda doimiy g‘alabaga bo‘lgan intilishi ramziy grafik chiziqlar vositasida aks ettirilgan.

Madridliklarning an’anaviy oq rangli futbolkasi yoqa hamda yeng qismidagi to‘q yashil elementlar bilan boyitilgan. Shuningdek, yelka qismidan joy olgan Adidas kompaniyasining an’anaviy uch tasmasi esa to‘q pushti rangda ishlangan.

Ta’kidlanishicha, professional futbolchilar uchun mo‘ljallangan ushbu mahsulot eng so‘nggi texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan. Bu esa uchrashuvlar vaqtida havo aylanishini yaxshilashga va sportchilar uchun maqbul haroratni saqlab turishga xizmat qiladi.

Kiritildi: 13:47, 03.06.2026.
O'qildi: 368 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик