Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Atletiko» qimmatbaho yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

«Atletiko» qimmatbaho yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

Lissabonning «Sporting» klubi yarim himoyachisi Morten Yulmann yana Madridning «Atletiko» klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Mundo Deportivo nashrining xabariga ko‘ra, «matraschilar» rahbariyati yozgi transfer oynasida maydon markazini bir yo‘la ikkita futbolchi bilan kuchaytirishni maqsad qilgan. Eng asosiy nomzodlardan biri sifatida o‘tgan qishdayoq klub e’tiborini tortgan Yulmann qolmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘shanda madridliklar daniyalik xavbek uchun 25 million yevro taklif qilishgan, biroq «Sporting» bu taklifni rad etgan edi. Shu bilan birga, futbolchi va Portugaliya klubi o‘rtasida og‘zaki kelishuv mavjud bo‘lib, unga ko‘ra, shartnomada 80 million yevrolik tovon puli ko‘rsatilganiga qaramay, Yulmann 40 milliondan 50 million yevrogacha bo‘lgan summaga jamoani tark etishi mumkin.

Yulmannning «Sporting» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 15:48, 03.06.2026.
O'qildi: 360 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик