Kirish Ro'yxatdan o'tish

Saliba Transfermarkt talqiniga ko‘ra 100 million yevroga baholangan ikkinchi himoyachi bo‘ldi

Saliba Transfermarkt talqiniga ko‘ra 100 million yevroga baholangan ikkinchi himoyachi bo‘ldi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi himoyachisi Vilyam Saliba futbolchilarning transfer qiymatini baholashga ixtisoslashgan Transfermarkt portali versiyasiga ko‘ra, tarixda transfer qiymati 100 million yevroga yetgan ikkinchi himoyachiga aylandi.

2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Angliya Premyer-ligasi bo‘yicha ma’lumotlar yangilangach, fransiyalik futbolchining transfer qiymati yana 10 million yevroga oshdi. Natijada u hozirda 100 million yevroga baholanmoqda.

Bungacha mazkur ko‘rsatkichga faqat «Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk erishgan edi. Niderlandiyalik futbolchining transfer qiymati 2019 yil sentyabr oyida 100 million yevroga chiqqan.

APLning eng qimmat futbolchilari reytingida Saliba oltinchi o‘rinni egallab turibdi. Reyting peshqadami esa «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland bo‘lib, uning transfer qiymati 200 million yevroni tashkil etadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 18:22, 03.06.2026.
O'qildi: 516 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик