Kirish Ro'yxatdan o'tish

Endrik o‘z kumirini aytdi

Endrik o‘z kumirini aytdi

Baho:
+ | -1

«Real» hujumchisi Endrik o‘z kumiri kimligi haqidagi savolga javob berdi.

«Mening kumirimmi? Krishtianu Ronaldu. U har doim shunday bo‘lib kelgan. Umid qilamanki, u faoliyatini yakunlamaydi va o‘ynashda davom etadi, shunda men uning barcha o‘yinlarini ko‘rish va undan o‘rganishda davom etishim mumkin», – deya Endrikning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Madrid Extra.

Endrik 2024 yilda 47 million yevro evaziga «Palmeyras»dan «Real»ga o‘tgan edi. Uning «qirollik klubi» bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. Braziliyalik futbolchi 2025/26 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida Fransiyaning «Lion» klubida o‘tkazdi. U yerda u barcha turnirlarda 21 ta o‘yinda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Endrikning transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 22:12, 03.06.2026.
O'qildi: 684 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик