Leverkuzenning «Bayer» klubi yangi bosh murabbiy masalasida bir to‘xtamga keldi. Insayder Florian Plettenbergning ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, «dorishunoslar» so‘nggi bir necha mavsumni «Tuluza»da o‘tkazgan ispaniyalik mutaxassis Karles Martines bilan kelishuvga erishdi.
Jurnalistning ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Leverkuzen klubi yangi murabbiyni rasman kelasi hafta taqdim etadi. Martines jamoa boshqaruvida daniyalik Kasper Yulmannning o‘rnini egallaydi.
Bundesliganing o‘tgan mavsumi yakunlariga ko‘ra, «Bayer» 59 ochko bilan turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallagan edi.













