Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Milan» «Vest Xem» yulduzi uchun APL klublari bilan raqobatlashadi

«Milan» «Vest Xem» yulduzi uchun APL klublari bilan raqobatlashadi

Baho:
+ | -

«Vest Xem» klubining qanot hujumchisi Krisensio Sammervill yozgi transfer oynasida kuchliroq klubga o‘tishi mumkin.

«TEAMtalk» tarqatgan xabarlarga ko‘ra, 24 yoshli niderlandiyalik futbolchi uchun kechayotgan kurashga «Milan» ham qo‘shilgan bo‘lib, Italiya grandi shu yozda vingerni o‘z safiga qo‘shib olishga faol harakat qilmoqda. Biroq, «rossonerilar» bu yo‘lda «Tottenxem» va «Aston Villa» bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi, chunki ingliz klublari hanuzgacha Sammervillga qiziqish bildirmoqda.

«Vest Xem» Premyer-ligadan tushib ketganidan so‘ng, klub futbolchini taxminan 40 million yevro evaziga qo‘yib yuborishi kutilmoqda. Shu sababli, Sammervillning boshqa jamoaga o‘tishi kun sayin haqiqatga aylanib bormoqda.

Ortda qolgan mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda jami 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 17:25, 04.06.2026.
O'qildi: 881 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик