Kirish Ro'yxatdan o'tish

«PSJ» yulduzi JCH-2026 oldidan: «Biz doimo g‘alabalarga chanqoqmiz»

«PSJ» yulduzi JCH-2026 oldidan: «Biz doimo g‘alabalarga chanqoqmiz»

Baho:
+ | -

«PSJ» va Fransiya terma jamoasi chap qanot himoyachisi Lyuka Ernandes Jahon chempionati oldidan o‘z kayfiyati (ishtiyoqi) haqida gapirib berdi. 30 yoshli futbolchi «uchranglilar»ning mundial uchun qaydnomasidan joy olgan. Didye Desham shogirdlari guruh bosqichida Senegal, Iroq va Norvegiya terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

«Hozirgi kayfiyat? Orqada «PSJ» bilan tarixga kirgan aql bovar qilmas mavsum qoldi, biroq bu allaqachon o‘tmish. Endi bor e’tibor terma jamoaga qaratilgan. Biz doimo g‘alabalarga chanqoqmiz, hech qachon erishilgan natijalar bilan to‘xtab qolmaymiz. Tayyorgarlik davom etmoqda, hali ayrim jihatlarni yaxshilashimiz kerak. Jahon chempionati — hamma uchun alohida ahamiyatga ega voqelikdir. Biz muxlislarimizga faxrlanishlari uchun sabab taqdim etmoqchimiz», — deya Fransiya OAVlari Ernandesning so‘zlarini keltirmoqda.

Payshanba kuni Fransiya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Kot-d’Ivuar vakillariga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (1:2).

Kiritildi: 09:40, 05.06.2026.
O'qildi: 185 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик