Kirish Ro'yxatdan o'tish

Vlaxovichga Yevropaning bir yo‘la uchta grand klubi da’vogarlik qilmoqda

Vlaxovichga Yevropaning bir yo‘la uchta grand klubi da’vogarlik qilmoqda

Baho:
+ | -

«Yuventus» hujumchisi Dushan Vlaxovich faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tuttosport nashri xabariga ko‘ra, serbiyalik forvardga Londonning «Chelsi» klubi qiziqish bildirmoqda. Londonliklar turinliklar lagerini tark etishga yaqin turgan futbolchi atrofidagi vaziyatdan unumli foydalanib qolishni ko‘zlamoqda. Shuningdek, Vlaxovichga Madridning «Atletiko» va Myunxenning «Bavariya» klublari ham da’vogarlik qilmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu klublar yetarli moliyaviy imkoniyatlarga ega va bu ularga forvardga qiziqayotgan boshqa bir da’vogar — «Napoli»ni kurashda ortda qoldirish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Yuventus» va Vlaxovich o‘rtasidagi yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgani ma’lum bo‘lgan edi. Shu sababli, hujumchi shu yozgi transfer oynasidayoq Turin klubini tark etishi kutilmoqda.

Kiritildi: 09:49, 05.06.2026.
O'qildi: 865 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик