«Barselona» futbolchisi Lamin Yamal Ispaniya chempionatining yakunlangan mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda La Liganing rasmiy sahifalarida xabar berildi.
18 yoshli ispaniyalik iqtidor egasi chempionlik unvonini himoya qila olgan Kataloniya klubining eng asosiy va yetakchi o‘yinchilaridan biriga aylandi. Mavsum yakunlariga ko‘ra, «Barselona» 94 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida yana birinchi o‘rinni egalladi.
Yakuniga yetgan chempionat bahslarida Lamin 16 ta gol urdi va sheriklariga 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yosh yulduzning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan, uning transfer qiymati esa Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra 200 million yevroni tashkil etadi.













