Taniqli murabbiy Erik ten Xag o‘zi shug‘ullantirgan futbolchilar orasida eng yaxshisi kim bo‘lgani haqidagi savolga javob berdi.
«Frenki de Yong», — deya ten Xagning javobini keltirmoqda The Touchline nashri.
Frenki de Yong Erik ten Xag qo‘l ostida «Ayaks» klubida to‘p tepgan. 2019 yilning yozidan buyon niderlandiyalik yarim himoyachi «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. De Yongning «ko‘k-anorranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.
Hozirgi vaqtda 56 yoshli Erik ten Xag «Tvente» klubida texnik direktor lavozimida faoliyat yuritmoqda. Bundan oldin ten Xag «Ayaks», «Manchester Yunayted» va yana bir nechta klublarda bosh murabbiy bo‘lib ishlagan.













