Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Komo» yarim himoyachisini 80 million yevroga baholadi

«Komo» yarim himoyachisini 80 million yevroga baholadi

Baho:
+ | -

«Komo» yarim himoyachisi Martin Baturina A Seriyadagi ajoyib mavsumdan so‘ng Yevropa futbolining eng xaridorgir yosh yulduzlaridan biriga aylandi.

Jurnalist Janluka di Marsio bergan ma’lumotlarga ko‘ra, APLning bir yo‘la ikkita klubi xorvatiyalik futbolchi uchun 50–55 million yevro miqdorida taklif tayyorlamoqda. Bundan tashqari, ushbu transfer imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha dastlabki qadamlarni tashlab ulgurgan «Bavariya» ham futbolchiga jiddiy qiziqish bildirgan.

Biroq «Komo» rahbariyati o‘z o‘yinchisi bilan xayrlashish niyatida emas. Italiya klubi potensial xaridorlarga faqatgina 80 million yevro atrofidagi takliflarnigina ko‘rib chiqishini ma’lum qildi. Klubning bunday qat’iy pozisiyasi Baturinaning Sesk Fabregas qo‘l ostidagi jamoa uchun juda muhim figura ekanligi bilan izohlanadi.

Xorvatiyalik iqtidor egasi klub o‘z tarixida ilk bor Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan tarixiy mavsumning eng asosiy yetakchilaridan biri bo‘ldi. Eng nufuzli yevrokubokka yo‘llanma olinishi «Komo»ning muzokaralardagi mavqeini yanada mustahkamladi. Endilikda klub o‘z yetakchilarini sotishga muhtoj emas va turnirdagi debyut oldidan tarkib o‘zagini saqlab qolishni maqsad qilgan.

Kiritildi: 19:35, 05.06.2026.
O'qildi: 494 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик