Juma kuni Transfermarkt portali mutaxassislari Ispaniya La Ligasi klublarida to‘p tepuvchi futbolchilarning transfer narxlarini yangilashdi.
Eng ko‘p narx yo‘qotgan o‘yinchilar ro‘yxatini «Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde boshqarib turibdi. Urugvaylik futbolchining bahosi birdaniga 30 million yevroga pasaydi — 120 milliondan 90 million yevrogacha.
Ikkinchi o‘rinni Kilian Mbappe egalladi — u 20 million yevroga arzonlashdi va endi dunyoning eng qimmat futbolchilari yetakchiligini tark etdi. Hozirda Mbappe 180 million yevroga baholanmoqda.
Uchinchi o‘rinni bir yo‘la sakkiz nafar futbolchi bo‘lishib oldi — ularning har biri 10 million yevrodan yo‘qotgan. Bular qatorida Vinisius Junior (yangi narxi — 140 million yevro), Jud Bellingem (130 million), Rafinya (70 million), Niko Uilyams (40 million) va Frenki de Yong (35 million) kabi yulduzlar bor.













