Myunxenning «Bavariya» klubi va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Lenart Karl jarohat tufayli 2026 yilgi Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi.
— Qayerdan boshlashni ham bilmayman. Men uchun eng muhim musobaqani o‘tkazib yuborish juda og‘ir. Jahon chempionatiga tayyor holatda yetib borish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. Afsuski, jarohatlar ko‘pincha eng noqulay paytda sodir bo‘ladi.
Jamoamga muvaffaqiyat tilayman va albatta har daqiqa ularni qo‘llab-quvvatlayman. Men yanada kuchliroq bo‘lib qaytaman — buni va’da qilaman. Qo‘llab-quvvatlov so‘zlari uchun rahmat. Omad, Germaniya terma jamoasi! — deb yozdi Karl ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Avvalroq 18 yoshli futbolchi mashg‘ulotlardan birida jarohat olgani haqida Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsman ma’lum qilgan edi. Keyinchalik Karlda mushak tolasining uzilishi aniqlangani xabar berildi.
Shu sababli yarim himoyachi Jahon chempionatiga qadar tiklanishga ulgurmaydi. Germaniya terma jamoasi qaydnomasida uning o‘rnini «RB Leypsig» futbolchisi Assan Uedraogo egallaydi.













